Partiya guruhi yil davomida qanday ishlaydi?
XDP viloyat, tuman va shahar Kengashi faollari ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda shu haqda fikrlashib olindi
Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarni joylarga yetkazish, 2021 yil davomida partiya deputatlik guruhlari faoliyatini tahlil qilish hamda 2022 yil uchun aniq vazifalarni belgilab olish maqsadida xalq deputatlari viloyat, tuman shahar kengashlaridagi deputatlik guruhi rahbarlari ishtirokida ijroiya qo‘mita yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Samarqand viloyat, tuman va shahar Kengashi xodimlari, partiya deputatlik guruhi rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda ko‘tarilgan masalalar avvalambor, xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya deputatlik guruhlari oldiga, partiya elektorati manfaatlaridan kelib chiqib, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish vazifalarini yanada samarali hal qilishga qaratilgan asosli takliflarni tizimli tayyorlash va xalq deputatlari mahalliy Kengashlar sessiyalari kun tartibiga kiritish tajribasidan kengroq foydalanish mexanizmini takomillashtirish lozimligiga e’tibor qaratildi.
Xususan, partiyamizning viloyat, tuman va shahar Kengashlari sessiyalari kun tartibi hamda shu hokimiyat organlari doimiy komissiyalari muhokamasiga siyosiy partiyalar dasturiy maqsad-vazifalari va o‘z doimiy elektorati manfaatlarini ifoda etuvchi takliflar kiritishga doir tashabbuskorligi ortib borayotgani kuzatilmoqda. Keyingi yillarda partiyamizning mahalliy vakillik organlaridagi deputatlik guruhlari mansabdor shaxslarning joylarda ijtimoiy iqtisodiy masalalarning hal etilishi, davlat dasturlarini amalga oshirilishi to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish tashabbusini ilgari surishda faollik ko‘rsatmoqda. Jumladan, 2021 yil davomida Harakat dasturi va dasturdan tashqari umumiy hisobda deputatlik guruxlarida 154 ta masala, doimiy komissiyalarda 65 ta masala, sessiyalarda 89 ta masala ko‘rilgan, 39 mansabdor shahxslar hisobotlari eshitilgan.
O‘zbekiston XDPning dasturiy maqsadlarini amalga oshirishning asosiy tamoyili kam ta’minlangan oilalarni aniq ijtimoiy muhofaza qilishni yanada kuchaytirish, ularning turmush darajasini oshirish, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish va yangi texnologiyalarni joriy etish asosida ularning ijtimoiy ta’minotga bo‘lgan ehtiyojlarini yana ham to‘liqroq qondirish hisoblanadi.
Yig‘ilish so‘ngida partiya deputatlik guruhlari ishini jonlantirish, partiya bilan aloqalarni mustaqkamlovchi qaror loyihalari ijroiya qo‘mita a’zolari tomonidan ma’qullandi va partiya guruhlari oldida turgan aniq vazifalar belgilab olindi.
XDP viloyat Kengashi axborot xizmati.