Xitoy va 14 ta Osiyo mamlakatlari dunyodagi eng yirik erkin savdo shartnomasini tuzadi
Xitoy va yana 14 ta Osiyo davlatlari dunyo erkin savdosi bo‘yicha eng yirik shartnomani tuzadi. Tomonlar ushbu hujjatni 12-15 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan ASEAN sammitida imzolaydi, deb yozdi Bloomberg.
Shartnomada Yaponiyadan Avstraliya va Yangi Zelandiyagacha bo‘lgan jami 2,2 milliard aholisi mavjud davlatlar ishtirok etadi.
Ushbu bitim savdo bojlarini pasaytirish, tovar ishlab chiqaruvchi mamlakatni aniqlashning unifikatsiyalangan qoidalaridan foydalangan holda mahsulot yetkazib berish aloqalarini mustahkamlash hamda elektron tijoratning yangi qoidalarni tizimlashtirishga qaratilgan.
Osiyo mamlakatlari o‘rtasida bunday kelishuvning paydo bo‘lishi ba’zi Amerika kompaniyalari va erkin savdo zonasidan tashqaridagi boshqa transmilliy korporatsiyalarga zarar yetkazishi mumkin. Bu ayniqsa, 2017 yilda Prezident Donald Tramp tomonidan Vashingtonning Osiyo-Tinch okeani mintaqasida erkin savdo zonasini yaratishga yo‘naltirilgan TransTinch okeani sherikchiligi (TTSh)dan chiqish to‘g‘risidagi memorandumni imzolagani sababli sezilarli bo‘ladi. Bundan tashqari, TTShdan voz kechishi bilan Qo‘shma shtatlar Xitoyning qo‘shni mintaqalar ustidan kuchayib borayotgan ta’sirini taqqoslash imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.
Avvalroq Bloomberg agentligi Xitoyning AQSh ustidan iqtisodiy ustunligini bashorat qilgan edi. Tahlilchilar ta’kidlaganidek, yaqin yillarda Xitoy xalq respublikasining yalpi ichki mahsuloti o‘sish sur’ati oldingi darajada saqlanib qolgan taqdirda dunyoda 10 yil mobaynida ikkinchi o‘rinda turgan mamlakat iqtisodiy reytingi peshqadam AQShni ortda qoldirishi ehtimoldan holi emas.