Xitoyda bolalarni zaharlagan bog‘cha tarbiyachisi o‘lim jazosiga hukm qilindi

Bu haqda Baijiahao portali xabar berdi. 

Taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, hukm Xenan prvinsiyasining Szyaotszo shahar xalq sudi tomonidan chiqarilgan. Sudlanuvchi Van Yun “Menmen” nomli bolalar bog‘chasida ishlagan. Tergov surishtiruv davomida Van Yun Sun familiyali boshqa bir tarbiyachi bilan janjallashib qolgani, shundan so‘ng u hamkasbini tuzoqqa tushirishga qaror qilgani aniqlandi.

2019 yilning mart oyida Van hamkasbining guruhidagi bolalar ovqatiga nitrit natriya aralashtirib qo‘ygan. Oqibatda 25 kishi kasalxonaga yotqizilgan, 21 nafar bola og‘ir zaharlangan va bir nafar bola vafot etgan. Sud ayol qilmishini jirkanch qilmish oqibatini fojia deb atadi va uni o‘lim jazosiga hukm qildi.

Bundan tashqari, tergov xarakati ushbu holat Van tomonidan amalga oshirilgan zaharlashning birinchisi emasligini aniqladi. U 2017 yilda o‘z turmush o‘rtog‘i Fenni xuddi shu yo‘l bilan zaharlashga harakat qilgan.