Xitoyda koronavirus infeksiyasining yangi o‘chog‘i avj oldi
- 13.09.2021 11:50
- 210
- COVID-19
Xitoyning Futszyan provinsiyasida koronavirusning yangi turi bilan kasallangan oltita holat va 18 ta simptomsiz tashuvchi aniqlandi, deb xabar bermoqda Sinxua agentligi mahalliy hukumat ma’lumotiga tayanib.
Yangi o‘choq Putyan shahrining Syanyu okrugida paydo bo‘ldi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus varianti o‘ta yuqumli delta shtammi sifatida ko‘rilmoqda.
Qayd etilishicha, birinchi holat aniqlangandan so‘ng rasmiylar mahalliy aholidan 81938 ta namuna olishgan.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, shu kunga kelib, dunyoda 223 milliondan ortiq odam koronavirus bilan kasallangan, Jons Xopkins universiteti hisob-kitobiga ko‘ra esa ularning soni 224 millionga yetgan, 4,6 milliondan ortiq odam virus qurboni bo‘ldi.
Ayni paytda, eng og‘ir vaziyat AQSh, Hindiston va Braziliyada hukm surmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa