Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xitoyda yana bir odam vabodan vafot etdi

Xitoyning Bayan-Nur shahrida (Ichki Mo‘g‘iliston) qora o‘lat (vabo)dan yana bir erkak kishi vafot etdi. Bu haqda 8 avgust kuni mahalliy sog‘liqni saqlash qo‘mitasi ma’lum qildi.

Shaharda uchinchi darajali epidemiologik xavf joriy etilgan. Ikki kun ilgari Baotou shahrida ham qora o‘lat yuqtirib olganidan so‘ng, bir nafar o‘lim holati qayd etilgan edi.

Mutaxassislar kasallanganlar bilan muloqotda bo‘lgan bir necha o‘nlab odamni karantinga joylashtirgan.

1 iyul kuni Mo‘g‘ilistonda qora o‘lat xuruji qayd etilgan edi. Keyinchalik bu holat Xitoyda ham qayd etildi.