Xitoyliklar Samarqand haqida film tayyorladi
Mehmonlar diqqatga sazovor bo‘lgan tarixiy inshootlar, dehqon bozorlari, Samarqand nonlari, hunarmandchilik, sayyohlik salohiyati, xalqimizning urf-odat va an’analari hamda tarixiy-madaniy merosi haqida hikoya qiluvchi hujjatli filmni suratga oldi. 12 kishidan iborat ijodiy guruh turistik shaharning ko‘cha va xiyobonlari, tungi chiroqlar, turfa xil favvoralar hamda milliy mahsulotlari bilan tanishdi.
– Ikki davlat o‘rtasida barcha sohada o‘zaro do‘stona munosabatlar mustahkamlanib bormoqda, – deydi Xitoy markaziy televideniyesi rejissyori Pan Nin. – O‘zbekiston, ayniqsa, Samarqandning boy tarixiy merosiga bo‘lgan qiziqishimiz yanada ortdi. Yurtingizda turizm istiqbolini ta’minlashga xizmat qiladigan ishlar amalga oshirilayotgani ko‘rib juda quvondik. Mamlakatingizdagi rivojlanish, betakror go‘zallik va milliy urf-odatlar bugun barcha sayyohlarni hayratini oshirmoqda.
Abdujabbor PO‘LATOV.