Xitoyning Shinjon Tyanjin savdo palatasi biznes delegatsiyasi Samarqandga keldi
Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan uchrashuvda Samarqand shahar hokimi F.Umarov, Shirin direksiyasi direktori A.Qayumov hamda Xitoy Xalq Respublikasi Shinjon Tyanjin savdo palatasi raisi Lin Ching ishtirok etdi.
Uchrashuvda bino-inshootlar qurish, qurilish materiallari ishlab chiqarish, loyiha, arxitektura, dizayn va muhandislik yo‘nalishidagi loyihalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish istiqbollari yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Shundan so‘ng, tadbirkorlik rivojining harakatlantiruvchi omillaridan biri bo‘lgan hududlararo hamkorlikni chuqurlashtirish, qo‘shma loyihalar tashkil etish maqsadida tadbirkorlar bilan B2B uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Ikki tomon tadbirkorlari o‘rtasidagi muzokaralar kunning ikkinchi yarmida ham davom etdi.