Xorij voqealari qisqa xabarlarda: Zelenskiy urushning tugash vaqtini aytdi
🔹 Isroilning G‘azo sektori janubidagi Xon-Yunusdagi falastinlik qochqinlar lageriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida kamida 40 kishi halok bo‘ldi, 60 kishi yaralangan.
🔹 Ukraina qo‘shinlari Rossiya hududida qolar ekan, Rossiya Ukraina bilan hech qanday muzokara olib borish niyatida emas. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, Ukraina Qurolli kuchlari Kursk viloyati hududidan quvib chiqarilmaguncha Moskva va Kiyev o‘rtasida hech qanday muloqot bo‘lmaydi.
🔹 Ertaga, 11 sentyabr kuni ABC telekanali Kamala Xarris va Donald Tramp o‘rtasidagi birinchi va ehtimol yagona debatni namoyish etadi. Balki ular poyga natijasini hal qilishar: so‘rov natijalariga ko‘ra, endi nomzodlarning hech birini yaqqol favorit deb bo‘lmaydi.
🔹Armaniston Yevropa Ittifoqi bilan vizasiz rejimga tayyorlanmoqda
🔹 Niderlandiya o‘z qurollari, jumladan, qiruvchi samolyotlarini Rossiyadagi harbiy nishonlarga qarshi qo‘llash bo‘yicha cheklovlarni bekor qildi.
🔹 Vetnamda ko‘prik qulashi oqibatida 10 dan ortiq odam bedarak yo‘qoldi.
🔹 Vladimir Zelenskiy frontdagi og‘ir vaziyatni va asosiy ittifoqchilarning harbiy yordamini qisqartirish imkoniyatidan xabardor bo‘lib, shu yilning kuzida urushni tugatish rejasini ishlab chiqmoqda. Bu reja Kiyev uchun maqbul shartlarda tinchlikka erishish uchun Rossiyaga xalqaro bosimga asoslangan. Kursk operatsiyasi strategiyaning muhim elementidir.
🔹 Qo‘shma Shtatlar Rossiya bilan o‘rta va uzoq masofaga mo‘ljallangan yadroviy kuchlar to‘g‘risidagi shartnomada taqiqlangan MRC Typhon raketa tizimlarini Yaponiya hududida joylashtirishni rejalashtirmoqda.
🔹 10 sentyabrga o‘tar kechasi Moskva viloyati va Rossiyaning boshqa hududlari uchuvchisiz samolyotlar yordamida keng ko‘lamli hujumga uchradi. u yerda dron ko‘p qavatli turar-joy binosiga urilgan va yong‘in kelib chiqqan. Aeroportlar dron hujumlari xavfi tufayli vaqtincha yopilgan.
🔹 Avstraliya hukumati ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uchun yosh cheklovlari o‘rnatib, bolalar va o‘smirlarga kirishni taqiqlamoqchi.