Xorij xabarlari: Ismoil Haniya o‘limi tafsilotlari, Hindistonda ko‘chki oqibatlari va Turkiyada bloklangan instagram
🔹 Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi sovuq urushdan beri eng yirik mahbus almashinuvida turk razvedka xizmatlari muhim rol o‘ynadi. Anqara aeroporti maydonidagi operatsiyani aynan ular muvofiqlashtirgan. Shundan so‘ng, Rossiya qamoqxonalaridagi sobiq mahbuslarning bir qismi AQShga jo‘nadi. G‘arb qamoqxonalaridan ozod qilingan rossiyaliklar esa Moskvadagi Vnukovo aeroportining hukumat terminaliga yetib kelishdi va ularni samolyotda Vladimir Putin shaxsan kutib olgan va ozod etilganlarga davlat mukofoti va’da qilgan.
🔹 Isroil razvedka xizmati - Mossad Falastinning HAMAS harakati Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyani o‘ldirish bo‘yicha operatsiyani tashkil qilish uchun mas’uldir. Maxsus xizmat Haniya Eronga tashrifi chog‘ida qayerda qolishini aniqlagan va uning Tehron qarorgohidagi xonasiga oldindan portlovchi moslama o‘rnatgan. Bu masofadan turib portlatiladigan yuqori texnologiyali bomba bo‘lgan.
🔹 Qo‘shma Shtatlar Isroilga Eron, "Hizbulloh", Falastinning HAMAS va Yaman shimolini boshqarayotgan guruhlar tahdidlaridan himoya qilishga tayyor ekanligini tasdiqladi.
🔹 Qozog‘istonning Turkiston viloyatida umumiy og‘irligi 775 kilogramm bo‘lgan giyohvandlik moddalari aniqlandi.
🔹 Hizbulloh Livan chegarasi yaqinida Isroil mudofaa kuchlarini nishonga olib, o‘nlab raketalarni otgan. Bundan avval Livan shia harakati bosh kotibi Hasan Nasrulloh Hizbulloh Isroil bilan barcha jabhalarda harbiy amaliyotlarning yangi bosqichiga o‘tganini aytgan edi.
🔹 Yog‘ingarchilik sabab suv toshqinlari oqibatida kamida 24 pokistonlik halok bo‘lgan. Lahorga bir kun avval yarim asrda rekord miqdorda yog‘ingarchilik tushgan. Metropol ko‘chalari daryolarga aylangan.
🔹Nigeriyada iqtisodiy inqirozga qarshi namoyishlar chog‘ida 13 kishi halok bo‘ldi, yuzlab odamlar hibsga olindi.
🔹 Yevropa komissiyasi Trampning AQSh prezidenti etib saylanishi ehtimoliga tayyorgarlik ko‘rish uchun maxsus ishchi guruh tuzdi.
🔹Turkiyada juma kuni ertalab Instagram hech qanday izohsiz bloklandi
🔹Kerala shtatidagi ko‘chkilar oqibatida kamida 256 kishi halok bo‘lgan, 200 dan ortiq kishi jarohatlangan — Hindiston Cog‘liqni saqlash vazirligi.