Xorij xabarlari qisqa satrlarda: Apple’da yangi mahsulotlar taqdimoti kutilmoqda. Durov hisbga olingach telegrammni yuklab oluvchilar keskin ko‘paydi

Dastlab Afrikadan tarqalgan yangi maymunchechak shtammini o‘rganayotgan olimlarning ta’kidlashicha, virus kutilganidan tezroq o‘zgarib bormoqda, ammo mutaxassislar uni yaxshi tadqiq qilish uchun mablag‘ va jihozlar yetishmayapti.

Latviya 2028 yilda ayollarni majburiy harbiy xizmatga chaqirishni boshlashi mumkin. Bu haqda Boltiqbo‘yi respublikasi Mudofaa vaziri Andris Spruds ma’lum qildi.

Rossiya 26 avgust kungi Ukrainaga yopirilma zarbaga 1,2–1,3 mlrd dollar sarflagan. Ukraina havo kuchlari qo‘mondoni Mikola Oleshchuk Rossiya yopirilma zarbada 127 ta raketda va 109 ta zarbdor drondan foydalanganini ma’lum qilgan.

Shimoliy Koreyada olimpiada sovrindorlari janubiy koreyalik raqiblari bilan selfi fotoga tushgani uchun jazolanishi mumkin. OAVga ko‘ra, mamlakat sport vazirligi «mafkuraviy ekspertiza» o‘tkazadi va sportchilarga qanday jazo tayinlashni hal qiladi.

Pavel Durov hibsga olingach, Telegram Fransiyada eng ko‘p yuklab olinayotgan ijtimoiy tarmoqqa aylandi. Fransiya prokuraturasi Durov chorshanba kuniyoq ozod etilishi mumkinligini xabar qilgan.

AQShning sobiq prezidenti Jorj Bush, hamda prezidentlikka nomzodlar Jon Makkeyn va Mitt Romni uchun ishlagan 200 nafar respublikachi Kamala Xarrisni qo‘llab-quvvatlashga va’da berishdi.

Burkina-Faso poytaxti Uagadugudan 80 kilometr uzoqlikdagi Barsalogo qishlog‘iga uyushtirilgan hujumda kamida 100 kishi, jumladan tinch aholi va askarlar halok bo‘ldi.

Apple’ning yangi mahsulotlari taqdimoti 9 sentyabrda bo‘lib o‘tadi. Ushbu taqdimotda yangi iPhone 16, shuningdek, AppleWatch va AirPods’ning yangi modellari namoyish etilishi kutilmoqda.