Xorijda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni qaysi tashkilot nostrifikatsiya qiladi?
Qonunchilikka ko‘ra, xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanalida ma’lum qilindi.
Talabgor Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishi mumkin.
💴 Bunda 669 000 so‘m miqdorida yig‘im undiriladi.
👉 Hujjatlar Ekspert komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, ijobiy yoki salbiy xulosa beriladi.
👉 Ijobiy xulosa berilgan talabgor ta’lim olgan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha test sinovi topshiradi.
👉 Test natijalari bo‘yicha minimal ball (55 ball va undan yuqori) olgan talabgorning ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlari tan olinadi (nostrifikatsiya qilinadi).