XTB boshlig‘i Past Darg‘om maktablari qurilishi loyihalarini o‘rgandi
Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Zebiniso Shodiyeva Past Darg‘om tumanidagi maktablarda bo‘lib, ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar, malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj, “Samarqand tajribasi” asosida maktablarning oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligi holatini ko‘zdan kechirdi.
Maktablar hamda Samarqand davlat chet tillar instituti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professor-o‘qituvchilari bilan umumta’lim muassasalarida kadrlar sifatini oshirish, o‘quvchilar bilimini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Pedagoglarga o‘quvchilarga bugungi davr talabi asosida bilim berish, buning uchun doimiy o‘z ustida ishlashi, qishki ta’tilni har tomonlama foydali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Boshqarma boshlig‘i joriy yilda mukammal ta’mirlash ishlari olib boriladigan tumandagi 21- hamda 74-maktablarning bugungi holati, qurilish loyihalari bilan ham tanishib, zarur tavsiyalar berdi.
Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.