XTV o‘quvchini urayotgan o‘qituvchi videosi yuzasidan munosabat bildirdi

Xalq ta’limi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda o‘quvchini urayotgan o‘qituvchining holati aks etgan video yuzasidan munosabat bildirdi.
Mazkur videoda aks etgan holat ancha oldin sodir bo‘lganini o‘quvchilarning barchasi niqobsiz ekanligidan ham anglash mumkin. Video qachon va qaysi maktabda sodir bo‘lgani bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Agarda kimda mazkur holat bo‘yicha aniq ma’lumot bo‘lsa, Xalq ta’limi vazirligiga yuborishi mumkinligini, holat vazirlik tomonidan qo‘shimcha o‘rganib chiqilishini ma’lum qiladi.
Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz, Xalq ta’limi vazirligining «Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari to‘g‘risida» 2020 yil 28 maydagi 131-son buyrug‘iga asosan, o‘qituvchi-pedagoglar jamoa a’zolari va boshqalarning shaxsiyatini hamda qadr-qimmatini kamsitishi, o‘zgalarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki psixologik tazyiq o‘tkazishi qat’iyan taqiqlanadi.