Yaqin yillarda saraton uy sharoitida oddiy tumov kabi davo topadi

Fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha 2018 yilgi Nobel mukofoti immunitet ta’sirini faollashtirish orqali saraton terapiyasidagi yutuqlari uchun amerikalik olim Jeyms Elisson va Yaponiyalik Tasuku Xondzyoga topshirildi.
Ular yaqin yillarda saraton uy sharoitida oddiy tumov kabi davo topishiga va bemor immunitetini saraton kasalligiga qarshi “sozlab qo‘yish” mumkinligiga ishonch bildirdi.
Bu bejiz emas. Odatda immunitet tanadagi mutatsiyaga uchragan hujayralarni mustaqil ravishda izlaydi, ularning ko‘payishiga imkon bermasdan, yo‘q qiladi. Biroq, kasallik ushbu to‘siqlarni chetlab o‘tib, rivojlanib borishiga imkon topadi. Elisson va Xondzyoning kashfiyoti esa saraton kasalligini davolashda inqilob bo‘ldi va immunitet ta’siriga to‘sqinlik qilmaydigan yangi dorilar sinfiga asos yaratdi. Natijada tana mutant hujayralar bilan tabiiy ravishda kurashadi.
Hozircha ushbu dori vositalarining ko‘plab yon ta’siri bor, ammo ular saraton kasalligiga qarshi kurashda samarali ekanligini isbotladi. Ba’zi bir holatlarda shifokorlar saratonning rivojlangan bosqichidagi bemorlarni ham davolay olishdi.
Katta miqdordagi ilmiy ma’lumotlarga asoslanib, saraton oldini olish uchun tamakidan voz kechish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish, sog‘lom vazn saqlash va muntazam ravishda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish kabi profilaktik choralarni olib borish zarur. Shuningdek, ushbu kasallik oldini olishda oddiy mahsulotlardan ham foydalanishimiz mumkin:
- saraton, bu V17 vitaminining yetishmasligi oqibatida kelib chiqadigan kasallik. Shuning uchun har kuni 15-20 dona o‘rik danagini iste’mol qiling;
- bug‘doy nihollari saraton kasalligiga qarshi ajoyib vosita. Bu suyuq kislorod va saratonga qarshi barcha moddalar orasida eng kuchlisi – laetrilning eng yaxshi manbasidir. Ushbu modda olma urug‘ida ham uchraydi va V17 vitaminining ekstrakti hisoblanadi;
- yong‘oqlar, achchiq bodom (tabiatda V17 vitaminining eng boy manbai) va oddiy bodom;
- reza mevalar: tutning barcha turlari, malina va qulupnay;
- urug‘lar: kunjut va zig‘ir urug‘i;
- yorma: arpa, bug‘doy, tariq va javdar. Ushbu vitamin turli xil mevalar va oshqovoqda ham ko‘p miqdorda mavjud;
- limon yoki muzlatilgan limon. Uni butun holatda muzlatkichga qo‘ying, muzlatilganidan so‘ng qirg‘ichdan o‘tkazib, har xil taom va salatlarga ko‘shib iste’mol qilinsa, taomlar siz ilgari tatib ko‘rmagan ajoyib ta’mga ega bo‘ladi.
- uy bekalari uchun alohida maslahat: idish yuvish vositasining zarralari kosa-tovoqlaringizga qolib ketmasin desangiz, unga 50/50 nisbatda sirka qo‘shib qo‘ying.
Agar oilangizda saraton bilan kasallangan qarindoshingiz bo‘lsa, onkogenetik mutaxassislarga murojaat qiling, maxsus testlar topshirib, o‘zingizni bu kasallikdan himoya qiling.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.