Yil yakunigacha Samarqandda 11,7 ming gektar lalmi va yaylov yerlar o‘zlashtiriladi

Prezidentimizning viloyatimizga tashrifi chog‘ida berilgan topshiriqqa ko‘ra, viloyatimizda foydalanishdan chiqqan 1,1 ming gektar hamda yerosti suv zaxirasi bo‘lgan 11,7 ming gektar lalmi va yaylov yerlar 2021 yil yakuniga qadar o‘zlashtiriladi.

Samarqand va Bulung‘ur tumanlarida g‘alla maydonlari qisqartirilib, ushbu tumanlar to‘liq meva-sabzavotchilikka ixtisoslashtiriladi hamda eksportbop mahsulotlarni klaster va kooperatsiya usulida yetishtirib, yangi tashkil etilayotgan “Kargo” tizimi orqali eksport qilinadi. Qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqqan, samarasiz yerlardan hamda zovur va kollektorlarga tutashgan yerlardan unumli foydalanishni tashkil etish va noqishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun ajratiladi.

2021 yil yakuniga qadar Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filialida qishloq xo‘jaligi sub’yektlariga xizmat ko‘rsatish buyicha agroxizmatlar markazi tashkil etiladi.