Yo‘l harakati qoidasini buzgan YHXBB xodimiga chora ko‘rildi
- 02.12.2020 22:00
- 450
- O‘zbekiston
Joriy yilning 1 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqda «IIO xodimi qoidani buzdi» sarlavhasi ostida xabar tarqaldi.
Xabardagi fotosuratda Toshkent shahar IIBB YHXBga tegishli bo‘lgan «Kobalt» rusumli, 01 534 VSC davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomobili yo‘l harakati qoidalarining 91-bandini buzgan holda 1.4 (to‘xtash taqiqlangan joyni bildiradi, yakka holda yoki 3.27 «to‘xtash taqiqlangan» yo‘l belgisi bilan qo‘llaniladi hamda yo‘lning qatnov qismi chetiga yoki yo‘l chetidagi to‘siq ustidan chiziladi) yo‘l yotiq chizig‘i chizilgan joyda to‘xtab turganligi aks etgan.
Mazkur holat o‘rganildi va «Kobalt» rusumli, 01 534 VSC davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomobili biriktirilgan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimi B.M.ga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rildi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 1 soat avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand