Yosh oilalarga uy-joy ajratish shartlari o‘zgardi

Qarorga ko‘ra, yosh oilalarga uy-joy ajratish shartlari 2020 yil va keyingi yillar uchun quyidagicha belgilandi:

➖ yosh oilalarga uy-joylar shaharlarda va qishloq joylarida 1 yillik imtiyozli davr bilan (ilgari 3 yil edi) hamda dastlabki 5 yil davomida har yili foiz stavkasi qat’iy belgilangan 7 foizdan Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir me’yorda oshib boradigan stavkada va keyingi davrda qayta moliyalashtirish stavkasida 20 yil muddatga beriladi (ilgari qishloq joylaridagi uy-joylar uchun bu muddat 15 yil edi).

Bunda kvartiraning dastlabki badali:
➖ shaharlarda – yosh oilalarga, eskirgan uylarda yashovchilarga va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan boshqa toifadagi fuqarolarga sotish shartlariga muvofiq (ilgari qat’iy 25 foiz);
➖ qishloq joylarida – sotib olinadigan kvartira qiymatining 10 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi (ilgari 10, 25 foiz).