Yosh qizcha yiqilib, halok bo‘lgan uyning quruvchilariga chora ko‘riladi
- 15.06.2022 15:33
- 953
- Samarqand
Samarqand shahrining Qorasuv massivida 1,5 yoshli qizcha ko‘p qavatli uyning balkonidan tushib ketib, halok bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 9 iyun kuni sodir bo‘lgan. Yosh bola 10-qavatidagi uyning balkon panjarasining ochiq joyidan pastga tushib ketgan.
Qurilish vazirligi holatga izoh berdi:
“13 iyun kuni ham ko‘p qavatli uy-joyning ochiq ayvonnini to‘sib turuvchi metal to‘siqlar tekshirilganda, ishchi loyiha qirqimida 150 mm ko‘rsatilgan bo‘lib, joyida o‘lchanganda 165-170 mm chiqqan hamda ostki qismi betondan yoki kafel yuzasidan ekanligi ko‘rsatilmagan.
Loyiha tashkiloti “Univer Pro Stile” MChJ va pudratchi tashkilot “AGROMIR BUILDINGS” MChJning qurilish ishlariga mas’ul mansabdor shaxslariga amaldagi qonunchilikda belgilangan choralar ko‘rilishini bildiramiz”.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa