Yoshlar yetakchilari o‘zlarini oshpazlikda sinab ko‘rdi

Shu kunlarda viloyatimizning shahar va tumanlarida yoshlar oyligi doirasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida festivallar o‘tkazilyapti.

Bugun mazkur festivalga Narpay tumani mezbonlik qilyapti. Odatdagidek, erta tongda yurish marafoni bilan boshlangan tadbirlar madaniy-ma’rifiy kechalar, nuroniylar va yoshlar uchrashuvi, intellektual o‘yinlar hamda sport musobaqalari bilan davom etdi.

Bu yilgi yoshlar oyligi doirasida o‘tkaziladigan kasblar festivali – hunarmandchilik, qandolatchilik, oshpazlik yo‘nalishlaridagi tanlovlarning respublika bosqichi Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda joylarda shu tanlovlarning quyi bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda.

Narpay tumanida o‘tkazilgan festival doirasida mahalla yetakchilari o‘zlarini oshpazlikda sinab ko‘rdi.  Yosh oshpazlar tanlovida g‘oliblikni Barkamol mahallasi yetakchisi Eldor Ergashev egalladi. Navro‘z mahallasi yetakchisi Umid Nasimov ikkinchi, Bo‘ston mahallasi yetakchisi Islom Tog‘ayev esa uchinchi o‘rinni egalladi.

Lola MUSOQULOVA.