“Yoshlar mehnat guzari” uchun ajratilgan yerni sotganlar kimlar?
Yaqinda viloyat hokimligida ushbu masala yuzasidan o‘tkazilgan muhokamada bir qator tumanlarda “Yoshlar mehnat guzari” uchun ajratilgan yer maydonlaridan boshqa maqsadlarda foydalanilayotgani, loyihalar o‘z vaqtida amalga oshmagani tanqid qilingandi.
Jumladan, Oqdaryo, Urgut, Payariq, Ishtixon tumanlarida shunday holatlarga yo‘l qo‘yilgani qayd etilib, tumanlar rahbarlariga bu kamchiliklarni bartaraf etish vazifasi yuklatilgandi.
Shundan so‘ng “Zarafshon” gazetasi va zarnews.uz kanal va saytimizda Urgut hamda Ishtixon tumanlaridagi yoshlar mehnat guzarlari haqida materiallar berildi.
Ammo hanuzgacha ushbu materiallar yuzasidan mutasaddilar tomonidan izoh berilmadi.
Viloyat hokimligida bugun o‘tkazilgan muhokamada bu borada Ishtixon, Urgut, Bulung‘ur, Payariq tumanlarida olib borilayotgan ishlar yetarli emasligi yana ko‘rsatib o‘tildi.
“Yoshlar mehnati guzari” uchun ajratilgan yer maydonlaridan o‘z bilganicha foydalanayotgan shaxslardan yerni olib qo‘yish, ularning kimligini elga oshkor qilishga nima yoki kim to‘sqinlik qiladi?