G‘o‘bdinda “Yoshlar mehnat guzari” ish boshladi, 11 ta yangi ish o‘rni yaratildi

Bulung‘ur tumanininng G‘o‘bdin mahallasida “Yoshlar mehnat guzari” majmuasi foydalanishga topshirildi.

1,4 milliard so‘m mablag‘ evaziga bunyod etilgan majmuada savdo do‘konlari, tikuvchilik, eshik va rom, non hamda qandolatchilik mahsulotlari sexlari, sartaroshxona, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tashkil etilgan.

Tadbirkor Islom Najmiddinov tomonidan barpo etilgan majmuada 11 nafar yigit-qiz ishli bo‘ldi. Kelgusida majmuani kengaytirish rejalashtirilgan bo‘lib, yana 22 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.