O‘ramasda "Yoshlar mehnat guzari" ishga tushdi
- 07.10.2020 21:39
- 167
- Samarqand
Urgut tumani O‘ramas mahallasida "Yoshlar mehnat guzari" foydalanishga topshirildi.
Tadbirkor Ismoilxon Rahmatov tomonidan bunyod etilgan mazkur majmuaning qurilishiga 1,5 milliard so‘m mablag‘ sarflandi.

- Asosiy maqsadimiz mahalladagi ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka qiziqtirish, - deydi I.Rahmatov. - "Yoshlar - kelajagimiz" davlat dasturi doirasida tashkil etilgan ushbu "Yoshlar mehnat guzari"da 6 ta savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtasi va 1 ta tikuvchilik sexi ishga tushirilib, 25 nafar yigit-qizning bandligi ta’minlandi.
Ma’lumot o‘rnida: tumanda jami 7 ta “Yoshlar mehnat guzari” qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ularning 2 tasi foydalanishga topshirildi. Qolganlarida qurilish ishlari davom etmoqda.
G‘ofirjon Bobobekov.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Aql bovar qilmas qotillik
- Kecha, 21:07
- Mutolaa
Pangat otlarining dovrug‘i qani?
- Kecha, 13:35
- O'qing, qiziq!