“Yovuz uchlik” va yetakchilik: kuchlilar g‘olibmi yoki ta’sirchanlar?

Psixologlar uzoq vaqtdan beri narsissizm, psixopatiya va makiavellizm kabi xususiyatlarni tasvirlash uchun “yovuz uchlik” atamasini qo‘llab keladi.

Yangi tadqiqot mualliflari etakchilik va nufuzga tund fe’lli shaxslar emas, balki yaxshi taassurot qoldirishga mohir kishilar ko‘proq intilishini aniqlab olishdi.

“Yovuz uchlik”  tushunchasi  uchta xususiyatni o‘z ichiga oladi: subklinik psixopatiya (sovuq munosabat va ta’sirchanlik), makiavellizm (surbetlik va manipulyasiya ustasi) va narsissizm (ustunlik hissi va e’tiborga muhtojlik).

Bunday odamlar o‘zlarining xususiyatlari ortidan “mevali” joylarga intilishadi va tegishlicha taqdirlanadi. Masalan, psixopatlar tadbirkorlikka qiziqadi, makiavellizm egalari ijtimoiy ishlardan qochadi, narsistlar esa ijodiy, ijtimoiy va yetakchi rollarni afzal ko‘rishadi.

Yangi tadqiqotda olimlar turli xususiyatlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlarning butun tizimini ko‘rish imkonini beradigan tarmoqli tahlil usulidan foydalanib, yuqorida keltirilgan uchlikning sog‘liqni saqlash fanlari, ijodiy dunyoqarash, texnologiya, odamlar bilan ishlash, tashkiliy faoliyat, ta’sir (mavqega intilish uchun boshqalarni ishontira bilish), tabiat va buyumlar bilan ishlash kabi sakkiz o‘lchovini o‘z ichiga olgan professional qiziqishlarni o‘lchab chiqishdi. Tadqiqot natijalari “Personality and Individual Differences” jurnalida chop etildi.

Amerikadagi yirik universitetning 609 talabasi ishtirok etgan so‘rov ikki bosqichda o‘tkazildi. Dastlab ishtirokchilar anketalardagi savollarga javob berishdi; ikki hafta o‘tgach, xuddi shu talabalar muzokara qilishdan tortib hayvonlarga g‘amxo‘rlik qilishgacha bo‘lgan turli tadbirlardan zavqlanishlarini baholab chiqdi. Tadqiqotchilar har bir indikator alohida bo‘g‘imga aylangan va bu bo‘g‘imlar orasidagi ikki xususiyat bir-biriga qanchalik tobeligini ko‘rsatgan tarmoq modelini qurdilar. Bundan tashqari, olimlar xususiyatlar klasteri va martaba klasteri o‘rtasida ko‘prik bo‘lib xizmat qilgan bo‘g‘im marakaziyligini hisoblab chiqdi.

Ma’lum bo‘lishicha, bir og‘ir fe’l xususiyatining turli qirralari turli martaba afzalliklariga bog‘liq ekan: dadil va qo‘rs psixopat yetakchilik va obro‘-e’tiborga talpinadi, u texnologiya bilan yolg‘iz ishlashni afzal ko‘radi. Makiavellchilar foydali kasblardan qochishadi, lekin ular orasidagi surbetlar boshqalarga ta’sir o‘tkaza olish bilan band. Narsisstlar esa ijodkorlik va hukmronlikdan zavq oladi.

Yetakchilik va nufuzga ega bo‘lgan qiziqish barcha tund xususiyatlar va professional manfaatlar o‘rtasidagi markaziy ko‘prik bo‘lib chiqdi. Shu bilan birga, ochiqdan-ochiq dushmanlik fazilatlari hech qaysi tomondan liderlik bilan bog‘lanmaydi – tepaga chiqish uchun faqat yaxshi taassurot qoldira oladiganlar ustunlikka erisha olishi mumkin, - deya xulosa qiladi tadqiqotchilar.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.