YPX xodimlariga bo‘ysunmagan qoidabuzar 12 sutkaga qamaldi
- 30.04.2020 22:49
- 129
- Jinoyat va jazo
Joriy yilning 23 aprel kuni 16:00 lar atrofida Samarqand shahrining Spitamen shoh ko‘chasida maqsadsiz va besabab harakatlanayotgan transport vositalarini aniqlash maqsadida o‘tkazilayotgan reyd tadbirida “Neksiya 3” rusumli avtomashina egasi maqsadsiz yurganligi aniqlangan.
Mazkur haydovchi YPX xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan, ularga faol qarshilik ko‘rsatgan va atrofdagi ommaning e’tiborini tortgan.
Holat yuzasidan YPX xodimlari tomonidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, hujjatlar sudga taqdim etilgan.
Huquqbuzarga Samarqand shahar ma’muriy sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 34, 194-moddasi 1-qismi, 195-moddasi asosida 12 sutka ma’muriy qamoq jazosi belgilandi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 2 soat avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand