YTH oqibatida samarqandlik ayol tan jarohati oldi

Kecha, 12 yanvar kuni soat 21.35 larda Toshkent shahri Bektemir tumanidagi “Sharq” yo‘l-patrul xizmati posti yaqinida 32 yoshli Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi Samit A. o‘zining boshqaruvidagi «TOYOTA LAND CRUISER» avtomobili bilan yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, u avtomobil boshqaruvini yo‘qotib, 55 yoshli Beknazarov R. boshqaruvidagi «Lacetti» bilan to‘qnashuv sodir etgan va beton to‘siqqa urilgan. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasining sababi «TOYOTA» haydovchisi rulda uxlab qolgan.

YTH oqibatida yo‘lovchi – Samarqand viloyatida tug‘ilgan 25 yoshli Gulsara A. tan jarohati olib, tibbiy muassasaga joylashtirilgan.