«Yuksalish» harakati O‘zbekistonning jamoatchilik fikri yetakchilarining Top-40 reytingini tuzdi
«Yuksalish» harakati Ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuslar instituti bilan hamkorlikda hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ko‘magida O‘zbekistonning jamoatchilik fikri yetakchilari Top-40 reytingini tuzdi.
Reytingga mamlakat axborot makonida fikrlar xilma-xilligini ta’minlashga, milliy kontent yaratishga hissasini qo‘shib kelayotgan jurnalistlar, blogerlar, huquqshunoslar, iqtisodchilaru siyosatchilar va boshqa jamoatchilik faollari kiritildi.
Reytingga kiritilganlarning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari obunachilari soni 20 mlndan ziyod (unikal foydalanuvchilar 7-7,5 mln), e’lon qilgan materiallarining oylik qamrovi 45 milliondan oshadi.