“Zamonaviy qullik” qurboniga aylanib qolmang

Bu haqda Toyloq tumanidagi “Bir martalik ish bilan ta’minlash markazi”da ayollar o‘rtasida zo‘ravonlik, eksterimizm va chet elda aldanib qolishning oldini olishga qarshi o‘tkazilgan tadbirda aytildi.
USAID xalqaro tashkilotining DAI CASSS moliyaviy ko‘magi asosida amalga oshirilayotgan “Zo‘ravonlik tahdid ostidagi ekstremizmni oldini olish: muloqot – dialog fasilitatsiyasi» loyihasi doirasida tashkil etilgan ushbu tadbirda respublika “Istiqbolli avlod” ijtimoiy-axborot markazi Samarqand viloyati hududiy bo‘linmasi mutaxassislari ishtirokchilarga mavzu yuzasidan tushuncha berdi.
Ta’kidlanishicha, bugungi kunda dunyo bo‘yicha 40 milliondan ko‘proq kishi zamonaviy qullik qurbonlari hisoblanadi. Bundan 71 foizini ayollar va qizlar tashkil qiladi. Bugungi kunda qullik kelib chiqishi bo‘yicha xo‘rlash, zo‘ravonlik, bolalar va uy mehnati, majburiy nikohlash, qarzdorlik, odam savdosi kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmoqda.
Tadbirda bu ma’lumotlar bilan birga mavzuga oid videolavha ham namoyish etildi. Bunday holatlarga tushib qolmaslik uchun qanday choralar ko‘rish lozimligi haqida fikr almashildi.