Zo‘ravonlik muammoning yechimi emas. Bu borada yoshlarning fikri qanday?

Samarqand chet tillar institutida respublika “Istiqbolli avlod” ijtimoiy-axborot markazining DAI CASSS (USAID moliyaviy ko‘magi asosida) “Zo‘ravonlik tahdid ostidagi ekstremizmni oldini olish (ZTOEO) muloqot – dialog fasilitatsiyasi» loyihasi doirasida navbatdagi trening o‘tkazildi.

Unda markaz fasilitatorlari talaba yoshlarni asosiy mavzuga turli qiziqarli voqealar orqali jalb qildi.

Treningda ishtirokchilarning odam savdosi, noqonuniy migratsiya, zo‘ravon ektremizm haqidagi fikrlari tinglanib, ularning savollariga batafsil javob berildi.

Jumladan, ishtirokchilardan biri videorolikni izohlash vaqtida "Kim aybdor?" savoliga "Biz nega doim aybdorni izlaymiz? Aybdorni izlash emas, sodir bo‘lgan holat sababini aniqlab, uning yechimini topish kerak. Befarq bo‘lmasligimiz va o‘zgarishni o‘zimizdan boshlashimiz kerak" deya javob berdi. Oddiy ma’ruzalardan zerikkan yoshlar, yana shunday muloqot treninglari o‘tkazilishini istashlarini ma’lum qildi.

Respublika "ISTIQBOLLI AVLOD" ijtimoiy axborot markazi Samarqand viloyat bo‘limi.