Zulfiya haqida hujjatli film yaratilmoqda
- 23.07.2021 11:10
- 99
- Afisha

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan yangi “Baxtim shul – o‘zbekning Zulfiyasiman” nomli hujjatli filmi suratga olinmoqda.
Mazkur film O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya hayoti va ijodiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda shoiraning hayotlik chog‘idagi turli voqealar tasvirlangan. Shuningdek, kinokartinada adibaning she’riy misralaridan foydalaniladi.
“Baxtim shul – o‘zbekning Zulfiyasiman” hujjatli filmida Zulfiya obrazida 3 davr ko‘rsatiladi. Uning bolaligini Anisa Mansurova, yoshlik paytlarini Shahnoza Hojimurodova, katta yoshdagi davrini esa O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Lola Eltoyeva ijro etmoqda.
Ssenariy muallifi Shuhrat Rizayev, rejissyor Navro‘za Biynazova, operator Aziz Arziqulov, kompozitor Jamshid Izamov, rassom Sojida Hasanova, prodyuser Ahmad Unarboyev.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
O‘rta asr raketasi
- Kecha, 19:15
- O'qing, qiziq!
Boshqa viloyatlarga samolyotda boramiz
- Kecha, 16:11
- Samarqand