Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu-intilishlarini amalga oshirish, o‘zining iqtidori va ibratli faoliyati bilan yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan, turli soha va tarmoqlarda qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarayotgan, chuqur bilim va intellektual salohiyatini namoyon etib, muhim g‘oya va tashabbuslarni ilgari surayotgan, ijtimoiy hayotda faollik ko‘rsatayotgan qizlarni munosib rag‘batlantirish maqsadida: 

1. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlarini a’lo xulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta’lim, fan, adabiyot, san’at, madaniyat, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflari ilovadagi ro‘yxatga muvofiq ma’qullansin.

2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tantanalarida sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari topshirilsin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta’minlasin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob iste’dodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                            Sh.MIRZIYoYeV

* * *

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2022 yil 5 martdagi PQ-155-son qaroriga ilova

ZULFIYa NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI BILAN TAQDIRLANGANLAR

RO‘YXATI

Maqsadova Zuhraxon Qahramon qizi    -    Qoraqalpoq davlat universitetining 2-bosqich talabasi

Orinbayeva Yerkinay Quanishbay qizi    -    Nukus davlat pedagogika institutining 4-bosqich talabasi

Zaynobiddinova Durdonabegim Sarvarjon qizi    -    Andijon davlat tibbiyot institutining 6-bosqich talabasi

Mashrabova Muxlisa Alijon qizi    -    Andijon davlat universitetining 2-bosqich talabasi

Davlatova Nafosat Furqat qizi    -    O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 4-bosqich talabasi (Buxoro viloyati)

Shonazarova Mushtariy Begim Shavkatovna    -    Buxoro viloyati Buxoro shahridagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi

Abduvaliyeva Aziza Farhod qizi    -    Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyining 2-bosqich o‘quvchisi (Jizzax viloyati)

Bahodirova Sevara Bahodir qizi    -    Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2-bosqich talabasi (Jizzax viloyati)

G‘o‘chchiyeva Rohilabonu Abdurahmon qizi    -    O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 3-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati)

Qurbonova Oftoboyim Husniddinovna    -    Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining kafedra assistenti

Murodullayeva Yulduz Behzod qizi    -    Navoiy viloyati Navoiy ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabining 11-sinf o‘quvchisi

Sayfullayeva Gulhayo Ixtiyor qizi    -    Navoiy davlat pedagogika institutining kafedra katta o‘qituvchisi

Ahmadaliyeva Nilufar Qobuljon qizi    -    Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati)

Jo‘rayeva Gulchehraxon Zokirjon qizi    -    O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati)

Orziqulova Hilola Fazliddin qizi    -    O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 3-bosqich talabasi (Samarqand viloyati)

Xalilova Mahbuba Asqarali qizi    -    Samarqand viloyati Samarqand shahridagi 59-ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabning 12-sinf o‘quvchisi

Abdunabiyeva Farangiz Odiljon qizi    -    Sirdaryo viloyati Guliston olimpiya zaxiralari kollejining 11-sinf o‘quvchisi

Alimova E’zoza Zafar qizi    -    Toshkent davlat pedagogika universitetining 4-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)

Qushoqova Gulhayo Bahodir qizi    -    Surxondaryo viloyati Termiz jamoat salomatligi texnikumining 2-bosqich o‘quvchisi

Xolboyeva Aziza Ixtiyorovna    -    Termiz davlat universitetining tayanch doktoranti

Abdusalamova Kumushxon Shokir qizi    -    Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2-bosqich magistranti (Toshkent viloyati)

Seit-Asan Feride Ernestovna    -    O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 1-bosqich magistranti (Toshkent viloyati)

Naypak Vasilisa Romanovna    -    Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining 3-bosqich talabasi (Farg‘ona viloyati)

Oripova Zarnigorxon Matqulbek qizi    -    Farg‘ona politexnika institutining 1-bosqich magistranti

Davletova Ullijon Sapavoy qizi    -    Urganch davlat universitetining 3-bosqich talabasi

Sa’dullayeva Madina Odamboy qizi    -    Xorazm viloyati Xiva shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi

Jamilova Sabina Ulug‘bek qizi    -    O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 1-bosqich talabasi (Toshkent shahri)

Rixsiboyeva Madinaxon Qodirjon qizi    -    Toshkent davlat pedagogika universitetining kafedra o‘qituvchisi (Toshkent shahri)