Farg‘onada bank xodimlari 100 000 AQSh dollarni o‘zlashtirgani aniqlandi
- 12.06.2019 12:51
- 162
- Jinoyat va jazo
2019 yil 6 fevral kuni Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumani hududida joylashgan AT “Xalq banki” Yozyovon tumani filiali xodimlari tomonidan bank g‘aznasidagi valyuta saqlash seyfida bo‘lgan pullar sanoqdan o‘tkazilganida, shu yerda bo‘lgan 100000 AQSh dollari yo‘qligi aniqlangan va ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni Yozyovon tumani Guliston mahallasida yashovchi yuqoridagi bankning vaqtincha boshqaruvchisi 32 yoshli S.T., hamda ikki nafar shu bank xodimlari tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ҳаётни сақлаб қолган билим: Мансурнинг ҳикояси
- 3 soat avval
- Jamiyat
Charxindagi topilma taqdiri nima bo‘ladi?
- Bugun, 13:21
- Samarqand
Narpay tumaniga hokim tayinlandi
- Bugun, 13:11
- Samarqand
Odri Azule iqtibos keltirgan Samarqand ta’rifi
- Bugun, 12:54
- Samarqand