Muhofaza zonadan noqonuniy foydalanganga jarima belgilandi

Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining nazorat inspektorlari tomonidan joriy yilning 26 iyun kuni “Zarafshon” daryosining Urgut tumanidan oqib o‘tuvchi muhofaza qismida reyd tadbirlari o‘tkazildi.

O‘rganishlar davomida fuqaro M.M. tomonidan o‘z boshqaruvidagi texnika vositasi yordamida noqonuniy ravishda muhofaza hududidan qum-shag‘al qazib olib, shaxsiy yuk avtomashinalarga yuklab berayotganligi  aniqlandi.

Huquqbuzarga O‘zbekiston Respublikasi "Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi, "Yer osti boyliklari to‘g‘risida"gi qonunlari talablarini buzilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalariga binoan ma’muriy jarima qo‘llanildi.

Sherali ISKANDAROV.