Prezidentimiz konferensiya qatnashchilariga tabrik yo‘lladi
- 26.08.2019 11:06
- 279
- Samarqand
Samarqand shahridagi Forumlar saroyida BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YuNESKO) shafeligida “Moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrash: dolzarb muammolari va ularni hal qilish strategiyasi” mavzusida xalqaro konferensiya boshlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning anjuman qatnashchilariga yo‘llagan tabrigini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov o‘qib eshittirdi.
YuNESKO Bosh direktori Odri Azule xonim so‘zga chiqib, mazkur xalqaro anjuman O‘zbekistonda va nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylash borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish, bu boradagi milliy amaliyot va xalqaro tajribani o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidladi.
Yalpi majlisdan so‘ng konferensiya o‘z ishini uch seksiyada davom ettirmoqda.


G‘olib HASANOV.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Tahririyatda zamonaviy media markaz ish boshladi
- 26 daqiqa avval
- Samarqand
“Qishloqilar” aybdormi?
- 1 soat avval
- Jamiyat
Samarqandda dendrologiya bog‘i tashkil etildi
- 3 soat avval
- Samarqand
Kosmonavtlar ellik yildan keyin yana Oyga uchishdi
- Bugun, 11:01
- Xorij