Jomboyga yangi hokim tayinlandi
- 30.07.2019 16:20
- 2668
- Dolzarb
Bugun – 30 iyul kuni xalq deputatlari Jomboy tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov qatnashgan sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 26 iyul kuni Samarqand viloyatiga tashrifi ortidan vazifasidan ozod etilgan Umidjon Nazarov o‘rniga To‘ychiyev Hamza Hakimovich Jomboy tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi.
1978 yilda Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan H.To‘ychiyev shu paytgacha Samarqand viloyati bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, sobiq hokim bilan birga tumandagi uch sektor rahbari – tuman prokurori, ichki ishlar bo‘limi va soliq inspeksiyasi boshliqlari ham vazifasidan ozod etilgan. Ularning o‘rnida ham yangi rahbarlar ish boshlaydi.