Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

"Ahmadboy ishi" bo‘yicha to‘rtinchi sud hukmi e’lon qilindi

Bugun, 12 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Quyi Chirchiq tumani sudi binosida "Ahmadboy ishi" bo‘yicha to‘rtinchi ochiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmati xabar qildi.

Sud hukmiga ko‘ra, A.Tursunboyev Jinoyat kodeksining 68-moddasi 3-qismi “a, v” bandlari bilan aybli, deb topildi va unga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

A.Tursunboyevga Jinoyat kodeksining 59-moddasi 8-qismi va 61-moddalari tartibida, tayinlangan jazoga qisman jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining 2019 yil 28 oktyabrdagi hukmi bilan tayinlangan jazosini qo‘shib, uzil-kesil o‘tash uchun 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilingan holda 14 yil 4 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Ahmadjon Tursunboyevga tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosining o‘talmagan muddati Oliy Majlis Senatining 2016 yil 12 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma to‘rt yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandi “b” kichik bandiga asosan to‘rtdan bir qismiga qisqartirildi.

Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi. Jazoni o‘tash muddati 2016 yil 16 iyundan boshlab hisoblanadi. A.Tursunboyevga qo‘llanilgan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi o‘zgarishsiz qoldirildi.