Uch oyda 13 907 nafar fuqaro sudlangan
- 18.04.2023 18:27
- 40
- Jinoyat va jazo
Joriy yilning o‘tgan uch oyi mobaynida sudlanganlar soni 13 907 nafarni tashkil etgan. Shundan 3 707 nafar shaxsga nisbatan ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
Ozodlikni cheklash jazosi harbiy xizmatchilar, chet el fuqarolari, mamlakatimizda doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga nisbatan tayinlanmaydi.
Mahkum ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlagan, shuningdek, sud tomonidan o‘z zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarmagan taqdirda, sud ozodlikni cheklash jazosining o‘talmay qolgan muddatini boshqa turdagi jazo bilan almashtirishi mumkin.
Ma’lumot uchun, 2022 yilda sud tomonidan jami 56 542 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Shundan 14 081 nafar shaxsga nisbatan ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan, deyiladi Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidovning AOKAda o‘tkazilgan brifingda bergan ma’lumotida.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa