Appelyasiya sudlov hay’atida 53 nafar shaxs sud zalidan qamoqdan ozod qilingan, 14 nafar shaxs oqlangan

Umuman, 2022 yilda viloyat sudining apellyasiya instansiyasi sudlov hay’atida 890 nafar shaxsga nisbatan 682 ta ish mazmunan ko‘rib hal qilingan. Bunda shaxs soni 96 nafarga, ish soni 52 taga ko‘paygan.

Ko‘rilgan 601 nafar shaxsga nisbatan 470 ta ish bo‘yicha chiqarilgan sud qarorlari o‘zgarishsiz qoldirilgan. Shuningdek, 192 nafar shaxsga nisbatan 134 ta ish bo‘yicha chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirilgan, 64 nafar shaxsga nisbatan 48 ta ish bo‘yicha chiqarilgan sud qarorlari bekor qilingan. Yil davomida 14 ta ish bo‘yicha 14 nafar shaxs oqlangan.

Apellyasiya instansiyasi sudlov hay’atida ko‘rilgan 682 ta jinoyat ishlarining 186 tasi yoki 27,3 foizi firibgarlik jinoyati bilan bog‘liq.

Shuningdek, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish bilan bog‘liq 83 ta;

- hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish bilan bog‘liq 68 ta;
- o‘g‘rilik bilan bog‘liq 53 ta;
- giyohvandlik bilan bog‘liq 66 ta mazmunan ko‘rib hal qilingan.

O‘tgan yil davomida 45 ta ish bo‘yicha 53 nafar shaxs sud zalidan qamoqdan ozod qilingan, 6 ta ish bo‘yicha esa 10 nafar shaxslar sud zalidan qamoqqa olingan.

T.Boyzoqov,
Samarqand viloyat sudi raisi o‘rinbosari.