Jinoyatni yengillatish uchun cho‘zilgan "yordam qo‘li"ga kishan taqildi
- 18.05.2024 12:41
- 495
- Jinoyat va jazo
Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan Samarqand tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda aniqlanishicha, tumanning Chumchuqli mahallasida yashovchi fuqaro N.P. advokat va jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tuman sudining sudyasi orqali sud ish yurituvidagi Toyloq tumanida yashovchi fuqaroga nisbatan sud tomonidan jinoyat ishi bo‘yicha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlamaslik uchun yordam berishni va’da qilib, evaziga 3 400 000 so‘m va 1000 AQSh dollarini talab qilgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida u mahalliy fuqarodan talab qilingan pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ushbu holat yuzasidan N.P.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- 2 soat avval
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- 2 soat avval
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Bugun, 16:05
- Mutolaa