Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Aksiz markasi bo‘lmagan tamaki mahsulotlari ushlab qolindi

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari noqonuniy tartibda aksiz markasi bo‘lmagan tamaki mahsulotlarining oldi-sotdisi bilan shug‘ullanuvchilarni aniqlash maqsadida Samarqand shahridagi “Siyob dehqon bozori” savdo majmualarida tezkor tadbir o‘tkazdi.

Tadbir davomida fuqaro R.Z. tomonidan aksiz markasi bo‘lmagan, 5 million so‘mga yaqin xorijda ishlab chiqarilgan 48 blok, har bir blokda 10 qutida jami 480 quti “Milano” nomli tamaki mahsulotlarini sotish harakatida yurganida to‘xtatib qolindi.

Holat yuzasidan tegishli tartibda protsessual hujjatlar rasmiylashtirilib, hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 fevral kuni “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan jismoniy shaxslar tomonidan bojxona to‘lovlari olinadigan tovarlarni mamlakatga olib kirishning chegaraviy me’yorlari tasdiqlangandi.

Unga ko‘ra, barcha turdagi tamaki mahsulotlarini 10 qutigacha olib kirishga ruxsat etilgan.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.