AQSh poytaxti Vashingtonda “komendat soati” joriy etildi

Qora tanli Jorj Floyd o‘limi sababli bo‘lib o‘tgan ommaviy tartibsizliklar tufayli Vashington meri Myuriel Bouzer poytaxtning Kolumbiya okrugida “komendant soati” joriy etdi va milliy gvardiyani harakatga keltirdi. Bu haqda mer Tvitter sahifasida ma’lum qildi.
“Mer Brouzer butun Kolumbiya okrugi bo‘ylab 31 may soat 23:00 dan 1 iyun soat 6:00 ga qadar “komendat soati” joriy etilishi haqida ko‘rsatma berdi. U shuningdek, poytaxt politsiya boshqarmasini qo‘llash uchun milliy gvardiyani harakatga keltirdi”, deyilgan xabarda.
Afroamerikalik Jorj Floydning o‘limi sababli AQSh shaharlari bo‘ylab norozilik namoyishlari va ommaviy tartibsizliklar avj oldi.
New York Times nashri bergan xabarga ko‘ra, AQSh maxfiy xizmat xodimlari Oq uy yonida bo‘lib o‘tgan namoyishlar sababli Prezident Donald Trampni vaqtinchalik yer osti bunkeriga olib ketishgan.