Prezident Murojaatnomasi xalq manfaatlarini himoya qilishda dasturilamal

Samarqand shahridagi “Xo‘ja Doniyor” mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zXDP Samarqand viloyati kengashi tashabbusi bilan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining ishtiroki” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zXDP viloyat kengashi raisi, viloyat deputati B.Nasriyev Murojaatnomaning ahamiyati, Murojaatnomada ijtimoiy himoyani kuchaytirish, kambag‘allikni qisqartirish, aholini daromadli qilish, mahallalarni rivojlantirish hamda yangi mehnat bozorini shakllantirish kabi ustuvor yo‘nalishlar belgilab berilgani, ushbu vazifalar Xalq demokratik partiyasining dasturiy maqsadlari va ijtimoiy yo‘naltirilgan siyosiy pozitsiyasi bilan chambarchas bog‘liqligi, xulosa qilib aytganda, Murojaatnoma faqat davlat idoralari uchun emas, balki siyosiy partiyalar uchun ham amaliy harakat dasturi ekanligi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi mazkur vazifalar ijrosida xalq manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy adolat va tenglik tamoyillarini qaror toptirish yo‘lida izchil va faol ishtirok etishi lozimligi to‘g‘risida gapirib o‘tdi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar. Davra suhbati qizg‘in baxs-munozara va savol-javoblar tarzida o‘tdi.

XDP viloyat Kengashi matbuot xizmati.