Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Astronomlar g‘alati gravitatsiya to‘lqinning chayqalishini aniqlashdi

LIGO va ViRGO gravitatsiya observatoriyalari ikki neytron qo‘shyulduz va qo‘shaloq qora tuynuk “markazida” joylashgan Pegasa yulduzlar turkumidagi noyob jism tomonidan vujudga kelgan navbatdagi gravitatsiya to‘lqinning chayqalishini qayd etishdi. Bu haqda LIGO ilmiy guruhining a’zosi Kristofer Berri xabar berdi.

“Bizlar dastlab yakshanba kungi hodisa qora tuynuklar tomonidan vujudga keltirilgan deb o‘yladik, ammo keyingi tahlil natijasi, uni neytron yulduzi va yakkalikning o‘zaro birikmasi, shuningdek, nisbatan massasi kam bo‘lgan juft qora tuynuk vujudga keltirgan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi. Keyinroq ikkinchi fikr xaqiqatga yaqinroq ekanligini aniqladik”, - ta’kidladi olim.

Bugungi kunda Yer yuzida gravitatsiya to‘lqinlarini payqay oladigan ikkita uskuna mavjud.

Birinchisi,  o‘tgan asrning 80 yillar oxirida  Kip Torn, Rayner Vayss va Ronald Dreverlar tomonidan ishlab chiqilgan loyiha asosida 2002 yilda qurilgan LIGO detektori. Ish faoliyatini birinchi bosqichida u “eynshteyn” tebranishlarini aniqlashga muvaffaq bo‘lmagan edi, lekin 2015 yilning sentyabrida yangilangan LIGOni ishga tushirishlari bilan, olimlar Quyosh massasidan 53 barobar keladigan qo‘shaloq qora tuynuklar tomonidan vujudga kelgan gravitatsiya to‘lqinlarining chayqalishini aniqlashdi. 

Ikkinchi gravitatsion rasadxona (observatoriya), ViRGO, amerikalik “qarindoshidan” biroz keyin qurilgan. U 2003 yilda ishga tushirildi va uzoq muddat kuzatuv vaqtida va sezuvchanlikda LIGOdan ortda qolardi. 2011 yilda chuqur modernizatsiyadan keyin, u sezuvchanlikda LIGOni o‘sha vaqtdagi holatiga yetib oldi va ular birgalikda 2017 yil yozining oxirigacha kuzatuv olib borishdi. Shundan so‘ng ikkala detektor ham, bir yarim yilga cho‘zilgan uzoq ta’tilga chiqishdi va sezuvchanlikni va ko‘rish masofasini sezilarli yaxshilagan yana bir yangilanishni boshdan o‘tkazishdi. Misol uchun, ViRGOning sezuvchanligi taxminan ikki barobarga ko‘paydi. Koinotni kuzatish hajmi esa taxminan sakkiz barobarga ko‘paydi. Shu tufayli, bor yo‘g‘i ikki oy ichida ikkala gravitatsion teleskop ham ko‘plab hodisalarni aniqladi – juft neytron yulduzlarining to‘qnashuvi oqibatida hosil bo‘lgan yigirmaga yaqin yulduz massasiga teng yirik qora tuynuklar qo‘shilishi va uchta chayqalish, undan tashqari davriy radionurlanishlar tarqatib turuvchi kosmik ob’yekt (Pulsar) va qora tuynuklar.

Yakshanba kuni, Berri va uning xamkasblari yana bir juda qiziq hodisa ochilishining guvohi bo‘lishdi. Har ikkala gravitatsiya detektorlari, Yerdan uch milliard yorug‘lik yili uzoqlikdagi Pegasa yulduzlar turkumida, ikki kichik jism birlashishi oqibatida hosil bo‘lgan zamon va makon tebranishlarni aniqlashdi. Dastlab bu hodisani olimlar qora tuynuklarning oddiy birlashishi deb hisoblashdi, biroq keyingi tahlillar, Berri va uning hamkasblari ikki neytron yulduzining uchinchi bora qayta birlashishini “oraliqdagi” deb nomlanuvchi turkumga oid yangi turdagi hodisa aniqlashganiga ishora qilmoqda. Bu turkumga odatiy neytron yulduzlardan massasi bilinar darajada katta, shu bilan birga, yirik Quyoshlarning portlashi oqibatida hosil bo‘lgan odatiy juft qora tuynuklardan massasi kam jismlar kiradi. Astrofiziklar bu jismlarni, hozircha oxirigacha o‘rganib chiqishmagan. Hozirgi kungacha, LIGO va ViRGO bunga o‘xshash hodisa qayd etishmagan edilar, bu holat tadqiqotchi olimlar orasida katta qiziqishga sabab bo‘ldi.

Yerning janubiy qutbida o‘rnatilgan IceCube teleskopi, ikki kichik jismning birlashuvi sodir bo‘lgan, taxminan o‘sha nuqtadan, o‘sha vaqtda Yerga tushgan “arvoh zarralar”ni yorug‘lik chaqnashini qayd etgandan so‘ng qiziqishlar yanada kuchaydi. Shunga o‘xshash hodisa Pegasa yulduzlar turkumining xuddi o‘sha qismida joylashgan, ZTF19abjethn galaktikasida yorug‘lik chaqnashini, ZTF rasadxonasi astronomlari ham qayd etishdi.

Yaqin soat va kunlar ichida astronomlar yanada aniq va to‘liq xulosalarni olishadi.

Bekzod Musurmonov tarjimasi.