O‘zbekistonda qiziqarli astronomik hodisa kuzatiladi
Shu yilning 21 iyun kuni Yer yuzi aholisi qiziqarli astronomik hodisalardan biri — Halqasimon quyosh tutilishini kuzatishlari mumkin. Ushbu tutilish to‘liq shakldagi Halqasimon tutilish hisoblanib, tutilishning to‘liq fazasida Quyosh yuzasining 99,4 foizini tashkil qiladi. Quyosh tutilishi to‘liq fazasining davomiyligi 38 sekundga teng bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti xabar berdi.
Ushbu astronomik hodisani Afrika, Arabiston yarim oroli, Yevroosiyo, Yapon va Malay arxipelagi hamda Avstraliya hududlarida joylashgan 111 ta davlatda kuzatish mumkin.
Bu davlatlar ichida (Kongo Respublikasi, Kongo Demokratik Respublikasi, Markaziy Afrika Respublikasi, Sudan, Janubiy Sudan, Efiopiya, Saudiya Arabistoni, Eriteria, Yaman, Ummon, Pokiston, Hindiston, Xitoy va Tayvan) 14 ta davlat aholisi to‘liq shakldagi Halqasimon quyosh tutilishini kuzatish imkoniga ega.
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida Quyosh tutilishi qisman kuzatiladi.
Quyosh tutilishi eng katta natijaga erishgan vaqtida respublikamizning shimoli-g‘arbiy hududlarida, ya’ni Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida quyosh yuzasining 39 foizdan 50 foizgacha bo‘lgan qismi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida esa Quyosh yuzasining 58 foizgacha bo‘lgan qismi Oy tomonidan to‘siladi.
O‘zbekiston aholisi quyidagi jadval asosida quyosh tutilishini kuzatishlari mumkin.