11 noyabr kuni nodir astronomik hodisa kuzatiladi
- 07.11.2019 10:06
- 471
- O'qing, qiziq!
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xabar berishicha, 2019 yil 11 noyabr kuni nodir astronomik voqea – Merkuriy sayyorasining Quyosh gardishidan o‘tishi kuzatiladi. Bu hodisa Merkuriy tranziti, deb ham ataladi.
Tranzit Toshkent vaqti bilan 17:36 da boshlanib, 23:04 gacha davom etadi va Merkuriy sayyorasi Quyosh va Yer o‘rtasida bo‘ladi.
O‘zbekistonda bu vaqtda Quyosh botayotganini hisobga olsak, ushbu tranzitni faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida qisman kuzatish imkoni bor, xolos.
Shimoliy Amerika materigi hududida Quyosh chiqishi paytida, Janubiy-G‘arbiy Osiyo mamlakatlari, Afrika va Yevropa qit’alari hududlarida esa Quyosh botayotgan paytda uni kuzatish imkoni mavjud.
Janubiy Amerika hududida joylashgan davlatlarda tranzitni to‘liq, ya’ni deyarli 6 soat kuzatish mumkin.