Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

BAAning “Atlantis holiday” kompaniyasi Samarqanddagi turistik loyihalarga qiziqish  bildirdi

Korxona rahbari Rashid Mahmud Abdulrahim Alnuri kelgusida qurilishi rejalashtirilgan turistik ob’yektlar loyihasi bilan yaqindan tanishdi.

Imom al-Buxoriy majmuasi hamda Samarqand Siti loyihasi investorlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Uchrashuv davomida turizm sohasi bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni keng yo‘lga quyish, sohaga investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikda ishlash yuzasidan kelishib olindi.

Rashid Mahmud Abdulrahim Alnuri Dubay tajribasidan kelib chiqib, o‘z taklif va mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi, deya ma’lum qilindi Samarqand viloyati Turizmni rivojlantirish departamentining "Facebook"dagi sahifasida.