Kartoshka... Yaxshi ko‘rib iste’mol qiladigan mahsulot haqida qiziqarli faktlar
Uning 5 mingdan ortiq turi bor ekan, shuningdek, kartoshka kosmosda yetishtirilgan birinchi sabzavot bo‘ldi.Ushbu mahsulot haqidagi boshqa qiziqarli faktlar sizga manzur bo‘ladi, degan umidda bu maqolani tayyorladik.
Kartoshka dastlab And tog‘laridagi Peru va Boliviya hududida yetishtirilgan
Kartoshka tugunaklari miloddan avvalgi 8000-5000 yillar orasida xonakilashtirilgan. Inklar sabzavotni 1800 yil oldin faol ravishda yetishtirgan.
Arxeologik jihatdan tasdiqlangan eng qadimgi kartoshka ildizi miloddan avvalgi 2500 yilga to‘g‘ri keladi va Peruning Ankon qirg‘oq hududida topilgan.
Kartoshkani Yevropaga 16 asrda ispanlar olib kelgan
XVII asr oxiriga kelib o‘simlik Irlandiya qishloq xo‘jaligining asosiy qismiga aylandi va XVIII asrda u Germaniya, Angliya, shuningdek, Yevropaning boshqa mamlakatlari bo‘ylab tarqaldi.
AQSh kartoshkadan ovqat tayyorlab boshlagan oxirgi davlat bo‘ldi
Ko‘p yillar davomida sabzavot otlar va boshqa uy hayvonlari ozuqasi sifatida ishlatilgan va faqat 1872 yilda bog‘bon Lyuter Burbankning sa’y-harakati tufayli AQShda kartoshka sanoati jadal rivojlana boshladi.
Kartoshka XX asrda butun dunyoda asosiy oziq-ovqat manbai sifatida qabul qilindi
Bugungi kunda kartoshka dunyoda guruch, tariq va makkajo‘xoridan keyingi 4 o‘rinda va ildiz mevalari orasida birinchi o‘rinda turadi.
Kartoshkani dengiz sathidan 4700 metr balandlikda o‘stirish mumkin. Shuningdek, u kosmosda yetishtirilgan birinchi sabzavot bo‘ldi.
Kartoshkaning 5000 dan ortiq navlari ma’lum
Ularning barchasi 8-9 turga tegishli bo‘lib, maxsus oshxonalar yoki sanoat maqsadlarda foydalaniladi.
Kartoshkada bor-yo‘g‘i 100 kaloriya bor
Taqqoslash uchun, bir likob guruchda 225, shu miqdordagi makaronda esa 115 kaloriya bor. Sabzavot faqat 0,01 foiz yog‘dan iborat va B6, C, E, K vitaminlari, kaliy, magniy va fosfor kabi minerallarni o‘z ichiga oladi.
Bir milliarddan ortiq odam kuniga kamida bitta kartoshka yeydi
Kartoshka dunyo bo‘ylab shunchalik keng tarqalganki, milliarddan ortiq odam kuniga kamida bitta kartoshka iste’mol qiladi.
Ko‘k-binafsha rangli kartoshka mavjud
Vitelot kartoshka navi XIX asrning boshlarida fransiyada paydo bo‘lgan. Yorqin rangi uchun bu nav “Xitoy tryufeli” laqabini oldi. Kartoshkaning buturi boshqa navlarga qaraganda o‘zining antioksidant xususiyatlari bilan ajralib turadi.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.