Samarqandda "O‘tmishni asrab, kelajakni barpo etish" mavzusida xalqaro seminar o‘tkaziladi

🔘 Joriy yilning 6-noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida UNESCO rahnamoligida "O‘tmishni asrab, kelajakni barpo etish" mavzusida xalqaro seminar o‘tkaziladi.

✔️ Tadbir turli mamlakatlardan olimlar, amaliyotchilar, siyosatchilar va talabalarni birlashtiradi. Ishtirokchilar barqaror merosni asrash, iqlim o‘zgarishining ta’siri, raqamli texnologiyalar, jamoatchilik ishtiroki va shahar merosini rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar.

Ishtirokchilar:
🟣 Professor-o'qituvchilar va tadqiqotchilar;
🟣 Madaniy meros bo‘yicha mutaxassislar va me’morlar;
🟣 Mahalliy boshqaruv tashkilotlari vakillari;
🟣 Xalqaro va nodavlat tashkilotlar;
🟣 Bakalavr, magistratura va doktorantura talabalari.

Asosiy mavzular
🟣 Barqaror manbaalar va an'anaviy usullar;
🟣 Madaniy meros va iqlim o'zgarishi;
🟣 Madaniy me'rosning barqarorligini ta'minlovchi raqamli texnologiyalar;
🟣 Shahar madaniy me'rosi va barqaror rivojlanish omillari.

Ro'yxatdan o'tish: 2025 yil 1-oktabrdan.
Taqdimot yuborish muddati: 2025 yil 20-oktabrgacha

Batafsil ma'lumot uchun: 👉 https://unesco.samdaqu.edu.uz/