Samarqanddagi xonadondan 10 kilogrammdan ortiq giyohvand modda topildi

DXX viloyat boshqarmasi tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida o‘tkazilayotgan tadbirlardan birida Qo‘shrabot tumanida yashovchi fuqaro N.X.ning giyohvandlik vositalari noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlangan.

Viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda N.X.ning xonadoni ko‘zdan kechirilganda kelgusida sotish maqsadida saqlab kelinayotgan 10 kg. 395 gr. “marixuana” borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Holat bo‘yicha N.X.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rejalashtirilmoqda.