Biz korrupsiyaga qarshimiz. Ammo unga barham berilishi uchun qanday kurashamiz?

Har bir inson farovon yashashni, hayotda o‘zini to‘la baxtli his etishni istaydi. Buning uchun jamiyatda, avvalo, adolat tamoyili ustuvor bo‘lishi lozim.
“Samarqand” xalqaro aeroportida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida bu alohida ta’kidlandi.
- Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida jamiyat rivojiga to‘siq bo‘layotgan illat – korrupsiyaga qarshi kurashishga jiddiy e’tibor qaratilishini ta’kidladi, - deydi Samarqand davlat universiteti professori Farhod Nabiyev. – Darhaqiqat, bu illatni bartaraf qilmay turib biror sohani rivojlantirishning imkoni yo‘q. Shu jihatdan korrupsiyaga qarshi kurashish har bir shaxs, u rahbar bo‘ladimi, oddiy xizmatchimi, asosiy ishi bo‘lishi shart.

Davra suhbati ishtirokchilariga korrupsiya, u bilan bog‘liq jinoyatlar, buning oqibatida davlat va jamiyatga keltiriladigan zararlar aniq misollar orqali tushuntirildi.

Sulaymon MARDIYeV.