Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari transport vaziri bo‘ladi

Prezident Sh.Mirziyoyevning 2019 yil 28 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasiga:

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimlari kiritiladigan bo‘ldi.